Ixtiyor Toshpo'latov: ”G'alaba qozonish maqsadimiz edi”

Narzulla Saydullayev
15 okt 2016, 11:14
Oliy liganing 25-turida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi o'z maydonida Toshkentning “Obod” klubini qabul qilib g'alaba qozondi.

Ushbu bellashuvdan so'ng“So'g'diyona” hujumchisi,birinchi gol muallifi Ixtiyor Toshpo'latov  o'z fikrlarini bildirdi.

- O'yin juda og'ir kechdi. Maydonda harakat qilgan barcha jamoadoshlarimga rahmat. Biz raqib jamoani yaxshi o'rganib maydonga tushdik. Jamoaga yordamim tekkanidan  xursandman . O'z viloyatimda,o'z o'yimda o'ynash albatta ikki karra masuliyat yuklaydi. Jamoaga kelib qo'shilganimda,o'z oldimga yaxshi o'yin ko'rsatib ,gollar kiritishni maqsad qilgan edim. Shu maqsad sari oldinga yurishda davom etaman. Muxlislarimizning qo'llab-quvvatlashi biz uchun kuch bo'ldi. Ularga cheksiz rahmat aytaman –deydi Toshpo'latov.

Dildora Xolboeva “So'g'diyona”matbuoti xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia