

"Bugun futbolchilarimiz sust o'ynashdi deb aytmagan bo'lardim. Shunchaki ular chempionat va kubokka turlicha e'tiborda bo'lgani sezilib qoldi. Raqib ikkita gol urdi, biz esa ikkita vaziyatdan gol ura olmadik. Hujumni oxiriga etkazish borasida muammoga duch kelayapmiz. "Bunyodkor"ni bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Ammo hali oldinda javob bahsi bor. Balki o'sha o'yinda g'olib chiqarmiz", - deydi Ixtiyor Karimov.
"Sho'rtan" matbuot xizmati




