Italiya terma jamoasi yana uch braziliyalikni mahalliylashtirmoqchi. Ular kimlar?

Alisher
26 noya 2021, 10:38
Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Gabriele Gravina tashkilot uch braziliyalik o'yinchini mahalliylashtirish borasida ishlayotganini e'lon qildi.

Italiya terma jamoasi "Kalyari" sardori Joau Pedru, 2016 yildan beri "Lacio"da o'ynayotgan himoyachi Luis Felipe va 2019 yil A Seriyaga "Roma" jamoasiga o'tish orqali kelgan Rojer Ibanesga qiziqish bildirmoqda.

Ularning barchasi yoshlar darajasida Braziliyaning turli yosh terma jamoalarida harakat qilishgan.

Eslatib o'tamiz, hozirda Italiya jamoasi tarkibida 3 nafar mahalliylashtirilgan braziliyaliklar bor: Yevropa chempionati-2021da ishtirok etgan Emerson Palmeri, Rafael Toloy va Jorjino.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN