Italiya terma jamoasi a'zosi mashg'ulot paytida jarohat oldi

20 mar 2019, 03:06
"Fiorentina" yarim himoyachisi Federiko Keza Italiya terma jamoasi yig'inidagi bugungi mashg'ulotlarni tezda yakunlashiga to'g'ri keldi.

21 yoshli xavbek bugungi mashg'ulotlar jarayonida chap oyoq pay qismida noqulaylik his qildi va tayyornarlikni erta yakunlashga majbur bo'ldi. Keza xuddi shunday jarohat tufayli A Seriyaning 10 mart kuni o'tkazilgan "Lacio"ga qarshi bahsda (1:1) almashtirilgan edi. Italiya terma jamoasi 23 mart kuni Evro-2020 musobaqasiga saralash bosqichida Finlyandiya  bilan kuch sinashadi. 

Eslatib o'tish kerak, Federiko joriy mavsum florenciyaliklar safida 28 ta o'yinda qatnashib, 6 marta o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi va 7 bor golli uzatmani amalga oshirdi.  

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia