Italiya kubogi. Eriksen ajoyib gol urdi

14 iyun 2020, 00:48
Ayni damda "Inter" Italiya kubogi yarim finali doirasida "Napoli" mehmoni bo'lib turibdi.

Bu o'yin "neradzurrilar" uchun juda omadli tarzda boshlandi. 2-daqiqada Kristian Eriksen burchak zarbasini amalga oshirdi. Daniyalik yarim himoyachi kuilmaganda to'g'ridan-to'g'ri darvozaga zarba berdi va "Napoli" postini qo'riqlayotgan David Ospinani dog'da qoldirdi.

Bu Eriksenning "Inter" tarkibidagi ikkinchi goli hisoblanadi. U birinchi golini EL 1/16 finali doirasida "Ludogorec" (2:0) darvozasiga urgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia