Italiya kubogi. Bugun oxirgi yarim finalchi aniqlanadi

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2014, 16:35
Italiya kubogida bugun chorak finalning oxirgi uchrashuvi bo'lib o'tadi.
"Napoli" o'z uyida "Lacio"ni qabul qiladi. Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadigan bahs g'olibi yarim finalga yo'l oladi.

Eslatib o'tamiz, yarim finalning uchta ishtirokchisi ma'lum bo'lib ulgurgan.

Bo'lib o'tgan chorak final o'yinlari yakuniga ko'ra "Roma", "Udineze" va "Fiorentina" klublari yarim finalga yo'llanma olishgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia