

Murosasiz kechgan bellashuvda dastlab florenciyaliklar a'zosi Vesino hisobni ochgan bo'lsa, keyinchalik Perishich va Ikardi milanliklarni tanaffusga g'olib sifatida olib chiqishdi.
Ikkinchi bo'lim o'rtalarida maydon egalarini to'xtatishni mutlaqo imkoni bo'lmadi Astori muvozanatni tiklagan bo'lsa, Vesino uchrashuvda ikkkinich golini urib, jamoasini hisobda oldingi olib chiqdi. Keyinchalik El-Babakar mehmonlar darvozasini ikki bor ishg'ol etdi. O'yin oxirlariga kelib Mauro Ikardi ketma-ket ikki gol urishga erishdi.
Natijaja gollarga boy bo'lgan bahsla maydon egalari 5:4 hisobida g'alaba qozonishdi.
Italiya chempionati.
33-tur
Fiorentina – Inter 5:4 (1:2, 4:2)
Gollar: 1:0 – 23 Vesino, 1:1 – 28 Perishich, 1:2 – 34 Ikardi, 2:2 – 62 Astori, 3:2 – 64 Vesino, 4:2 – 70 El-Babakar, 5:2 – 79 El-Babakar, 5:3 – 88 Ikardi, 5:4 – 90 Ikardi.
Fiorentina – Teterushanu, Tomovich (Salsedo, 54), Sanches, Astori, Telo (Kristoforo, 82), Badel, Vesino, Milich, Bernardeski (Ilichich, 58), Valero, El-Babakar.
Inter –Xandanovich, D`Ambrozio, Medel, Miranda, Nagatomo (Eder, 73), Galyardini, Kondogbia (Brozovich, 76), Kandreva, Joau Mariu, Perishich, Ikardi.
Ogohlantirish: Astori (75), Sanches (78), Kristoforo (90), Xandanovich (90).



