Italiya A Seriyasining so'nggi turida 3ta "final"ni tomosha qilamiz!

Tolibjon Qosimov
23 may 2019, 15:01
YCHL uchun kurash olib borayotgan milanliklarning so'nggi turdagi raqiblari musobaqaning autsayderi "Empoli" klubidir.

Autsayder va "Inter" o'rtasida qanday qilib final bo'lishi mumkin? Gap shundaki, "Empoli" safarda "Inter"ga mag'lubiyatga uchragan taqdirda ham A Seriyada jon saqlab qolishi mumkin. Buning uchun "Jenoa" mehmonda "Fiorentina"ga yutqazishi kerak. O'z navbatida florenciyaliklar g'alaba uchun maydonga chiqishga majburlar. "Inter" mag'lubiyatga uchrasa, B Seriyaga tushib ketish havfi ularda bo'ladi. Sababi "Jenoa" o'zaro o'yinlarga ko'ra A Seriyada jon saqlab qoladi.

"Yuventus"ning gegemonligi ostida kechayotgan A Seriyaning turnir jadvalida ko'proq YCHLga yo'llanma beradigan o'rinlarga bo'lgan kurash qiziq kechayotganligini ko'ramiz.

26.05.2019

23:30. "Kalyari" - "Udinezi"

23:30. "Fiorentina" - "Jenoa"

23:30. "Inter" - "Empoli"

"Atalanta" - "Sassuola" ishtirokidagi uchrashuvda "Atalanta"ning imkoniyati yuqori. Agar "Inter" o'z uyida ochko yo'qotadigan bo'lsa, "Milan" - "Spal" uchrashuvidagi mezbonlarning g'alabasi YCHLga chiqishiga etadi.


Italiya chempionati turnir jadvali >>>>> A Seriya

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia