Italiya A seriyasi. "Yuve" o'z uyida "Inter" qarshiligini engga olmadi

10 dek 2017, 02:45
Italiya A seriyasining 16-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv shubahsiz Turinda chempionat oltin medallari uchun kurash olib borayotgan “Yuventus” va “Inter” jamoalari o'rtasida kechdi.

Uchrashuvda garchi mezbonlar ko'plab xavfli vaziyatlarni  sodir etgan bo'lishsada, Xandanovich boshchiligidagi "Inter" himoyachilari xotirjam tarzda mezbonlarning hujumlarini bartaraf etib turishdi. Natijada "Yuventus Stedium"da yig'ilgan muxlislar bu oqshom gol ko'rishmadi.

Mazkur durangdan keyin "Yuve" 38 ochko bilan A seriya turnir jadvalida 38 ochko bilan ikkinchi pog'onada borayotgan bo'lsa, mavsumni mag'lubiyatsiz o'tkazayotgan "Inter" ochkolari sonini 40 taga etkazib, chempionatda karvonboshlilik qilmoqda.


Italiya chempionati, 16-tur.

"Yuventus" – "Inter" 0:0 (0:0, 0:0)

"Yuventus" – Shchensni, Kellini, Benatiya, De Shilo, Xedira (Dibala, 75), Asamoa, Matyuidi, Pyanich (Bentankur, 85), Kuadrado, Mandjukich, Iguain.

"Inter" –Xandanovich, Shkrinyar, Santon (Dalbert, 63), D`Ambrozio, Miranda, Vesino, Valero, Brozovich, Kandreva (Galyardini, 69), Perishich, Ikardi (Eder, 86).

Ogohlantirish:Benatiya (27), Brozovich (29), Iguain (39), Perishich (40), Santon (61), D`Ambrozio (87), Vesino (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia