“Istiqlol” xalqaro turnir chempioni!

Narzulla Saydullayev
11 mar 2018, 09:15
Farg'onaning Istiqlol jamoasi joriy yilning 6-10 mart kunlari Qirg'iztonning O'sh shahrida o'tkazilgan “Kubok Sulayman Too” xalqaro turnirida faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Bu sovrin “Istiqlol”ning dastlabki chempionligi hisoblanadi. Bu vaqtga qadar jamoa ishtirok etgan barcha musobaqalarda 2-o'rinnni qo'lga kiritib kelayotgan edi.

“Kubok Sulayman Too” turnirida jamoa qayd etgan natijalar:
Guruh bosqichi
6 mart. 1-tur

“Istiqlol” – “Jalolobod” 11:0
7 mart. 2-tur
“Akademiya” – “Istiqlol” 2:1
8 mart. 3-tur
“Qizil Mehnat” – “Istiqlol” 0:17
9 mart. Yarim final
“Istiqlol” – “Neftchi Qo'chqorota” 2:1
10 mart. Final
“Istiqlol” – “Akademiya” 5:0

Taqdirlash marosimida ham “Istiqlol” vakillari yetakchilik qilishdi:
Eng yaxshi xujumchi: Anvar Xojimirzaev
Turnir to'purari: Elyor Akbarov
Turnirning eng yaxshi o'yinchisi: Rizo Ayvazov

Chempionlik bilan barcha o'zbek xalqini tabriklaymiz. Umid qilamizki “Istiqlol” jamoasi bu bilan to'xtab qolmaydi. Kelajak raqobatdosh jamoa bo'lib shakllanadi degan umiddamiz.

Behruz Xolikov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia