“Istanbul derbisi”: 3 ta qizil, 4 ta gol. “Fenerbaxche” hisobda ortda borib durang o'ynadi

3 noya 2018, 07:52
Kecha Turkiya chempionatida 11-turning markaziy o'yini bo'lib o'tdi.

Unda Istanbulning ikki jamoasi o'zaro kurashdi. “Galatasaroy” maydoniga safar qilgan “Fenerbaxche” 2:2 hisobida durang o'ynadi. Avvaliga mezbonlar Donk hamda Linnesning gollari evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqib olgan bo'lsa, mehmonlar Valbuena hamda Jailsonning ikkinchi bo'limning 6 daqiqasida kiritgan bittadan goli sabab hisobni tenglashtirdi.

Qayd etish joiz, o'yin so'ngida uchrashuv bosh hakami mezbonlardan bir nafar (Ndiae), mehmonlardan esa ikki futbolchi (Jailson hamda Soldado)ni maydondan chetlatdi.

“Galatasaroy”-“Fenerbaxche” 2:2

Gollar: 1:0 – 31 Donk, 2:0 – 49 Linnes, 2:1 – 66, penalti Valbuena, 2:2 – 72 Jailson.

Galatasaroy – Muslera, Linnes, Kabak, Aziz, Bayram, Belxanda, Donk, Ndiaye (Maykon, 88), Onekuru (Feguli, 86), Gyumyush, Rodrigesh (Inan, 74).

Fenerbaxche – Tekin, Isla, Noyshtedter, Shkrtel, Kaldirim, Jailson, Elmaz, Ayyu, Benziya (Potuk, 46), Valbuena (Soldado, 78), Fray (Reyes, 90).

Ogohlantirishlar: Noyshtedter (23), Elmaz (33), Potuk (58), Gyumyush (61), Isla (66), Belxanda (90).

Chetlatishlar: Jailson (90), Ndiaye (90), Soldado (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia