Ispaniyaning 21 asrdagi eng yaxshi klubi aniqlandi

Eldor Akmurzayev
14 noya 2020, 19:25
Ispaniya futboli tarixi va statistikasi tadqiqot markazi (CIHEFE) mamlakatning XXI asrdagi eng yaxshi jamoalari reytingini tuzib chiqdi.

Barcha musobaqalardagi ko'rsatkichlar bo'yicha unda peshqadam sifatida “Barselona” (3465 ochko) ko'rsatildi. Eataloniyalielar "Real" (3347) va "Atletiko"ni (2149) ortda qoldirdi.

“Barsa” – La Liga va Ispaniya Kubogidagi ishtiroki bo'yicha eng yaxshisi deb topildi, madridliklar esa Chempionlar Ligasida.

Keyingi o'rinlardan "Valensiya" (2139), "Sevilya" (1999), "Vilyarreal" (1648), "Atletik" (1405), "Deportivo" (1395), "Selta" (1164), "Espanol" (1144), "Betis" (1137), "Real Sosedad" (1108), "Malaga" (1035), "Xetafe" (1028) va "Malorka" (1009) joy oldi.

Ro'yxatni tuzishda jamoalarning 2000/01 – 2019/20 yilgi mavsumlardagi ishtiroki hisobga olindi hamda Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) mezonlari asosida tahlil qilindi. Asosiy urg'u sovrinlarga emas, balki g'alaba qozonilgan o'yinlar soniga qaratildi: turli musobaqalardagi g'alabalar uchun 9 ochko, durangga esa 3 ochko yozildi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: CIHEFE