Ispaniyaga qarshi bugungi o'yindan oldin Xarri Keynga JCH-2018ning "Oltin butsa"si topshiriladi

Tolibjon Qosimov
8 sen 2018, 20:46
Bugun 23:45da Angliya va Ispaniya terma jamoalari "Millatlar kubogi" doirasida o'zaro bellashishadi.

Angliya terma jamoasining tvittyerdagi rasmiy sahifasida ma'lum qilinishicha, bugun jamoa hujumchisi Xarri Keynga JCH-2018 to'purari sifatida "Oltin butsa" topshiriladi. Xarri Rossiya yashil maydonlarida 6ta gol urgan edi.



O'z navbatida, Xarri Keyn o'zining tvitter sahifasiga bugungi bahsda kiyib tushadigan butsasi rasmini joyladi. "Nike" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu butsa tilla rangda va Angliya terma jamoasi ramzi bilan bezatilgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/England