Ispaniya va Gollandiya o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi

2 dek 2019, 23:12
Ispaniya va Gollandiya terma jamoalari Evro-2020 musobaqasiga tayyorgarlik doirasida o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishadi.

Uchrashuv 29 mart kuni Gollandiya poytaxtidagi “Yoxan Kroyff Arena”da o'tkaziladi.

Har ikkala jamoa ham 2020 yilgi Yevropa chempionatining final bosqichiga yo'llanma olishgan.

Ispaniya terma jamoasi E guruhida Shvetsiya, Polsha termalari bilan, Gollandiya esa S guruhida Ukraina, Avstriya  termalari bilan bir guruhdan o'rin olgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Испания терма жамоаси расмий сайти