Ispaniya Kubogi: "Valensiya" 100 yillik yubileyida "Barselona"ni finalda dog'da qoldirib sovringa ega chiqdi

26 may 2019, 02:06
Ispaniya Kubogi finalida to'qnash kelgan "Barselona" va "Valensiya" o'rtasidagi bahsda La Liga g'olibi hech narsa qila olmadi.

Qizg'in va keskin kurashlar ostida o'tgan bahsda "Valensiya" birinchi bo'limda ikkita gol urib, hisobda o'z ustunligini mustahkamlab oldi. Dastlab Gameyro hisobni ochgan bo'lsa, oradan 11 daqiqa o'tib Rodrigo farqni ikkitaga oshirgandi. Tanaffusdan so'ng Messi ikkinchi bo'lim o'rtasida farqni qisqartirdi. Ammo bahs yakuniga qadar "Barselona" muvozanatni tiklovchi golni urishni uddasidan chiqmadi va natijada "Valensiya" Ispaniya Kubogida g'olib chiqdi.

Ispaniya Kubogi

Final

Barselona – Valensiya 1:2 

25 may, 23:59, Benito Vilyamarin

Gollar: 0:1 – 21 Gameyro, 0:2 – 33 Rodrigo, 1:2 – 73 Messi.

Barselona – Sillessen, Langle, Pike, Alba, Serdji Roberto, Koutino, Buskets, Artur (Vidal, 46), Rakitich (Alenya, 76), Nelson Semedu (Malkom, 46), Messi.

Valensiya –    Domenek, Gabriel, Garay, Gayya, Soler, Vass, Koklen, Parexo (Kondogbia, 65), Gedesh, Rodrigo (Diakabi, 88), Gameyro (Pichchini, 72).

Ogohlantirishlar: Gayya (53), Buskets (61), Kondogbia (70), Vidal (89).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia