

Ispaniya kubogi. "Barselona" - "Atletiko" 3:0
Gollar: 30 - Mark Byernal, 45+5 - Rafinya, 72 - Mark Byernal
"Barselona": 13. Joan Garsiya, 23. Jyul Kunde ( 3. Aleks Balde, 13'; (4. Ronald Arauxo, 71')), 5. Pau Kubarsi, 18. Xyerard Martin, 2. Joau Kanselu, 16. Fyermin Lopes (14. Markus Rashford, 65'), 10. Lamin Yamal, 8. Pedri, 11. Rafinya, 22. Mark Byernal, 7. Fyerran Torres (20. Dani Olmo, 65').
Zaxira: 25. Voycex SHHensni, 31. Diego Kochen, 17. Mark Kasado, 19. Runi Barji, 43. Tommi Markes.
"Atletiko Madrid": 1. Xuan Musso, 3. Matteo Rujyeri, 18. Mark Pubil, 17. David Gancko, 14. Markos Lorente, 22. Ademola Lukman (16. Nauel Molina, 58'), 20. Juliano Simeone (2. Xose Ximenes, 77'), 6. Koke (9. Aleksandr Syorlot, 58'), 5. Jonni Kardozo, 19. Xulian Alvares (10. Aleks Baena, 69'), 7. Antuan Grizmann.
Zaxira: 13. Yan Oblak, 15. Kleman Langle, 24. Roben Le Norman, 4. Rodrigo Mendosa, 21. Obed Vargas, 23. Nikolas Gonsales, 11. Tyago Almada.
Ogohlantirishlar: 66 - Dani Olmo, 68 - Joau Kanselu, 90+3 - Lamin Yamal, 90+5 - Aleks Baena
90+6. O'yin yakunlandi! "Atletiko" - finalda!
90+4. Yamaldan zarba, lekin yana noaniq bo'ldi.
90+4. Syorlot oldinga o'tib darvoza tomon zarba byerdi, biroq noaniq bo'ldi.
90+2. Baena qarshi hujumga o'tdi, yiqildi, ammo yiqitilmadi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib byerildi.
89. Martindan xavfli zarba!!! Ammo biroz noaniq...
87. Yamal uzoq masofadan zarba byerdi, ammo juda noaniq bo'ldi.
86. Bilasizmi, madridliklar qarshi hujumga o'tib ketishdayam faol emas. Vaholanki hujum chizig'ida yaqindagina o'yinga qo'shilgan futbolchilar bor.
84. "Barsa" qo'shdi yana. Ketma-ket hujum va paslar xavfli bo'lyapti. "Atletiko" himoyasi dosh byerib turmoqda, hozircha.
81. Byernalning zarbasi anchagina noaniq bo'ldi.
75. Yana to'xtalish o'yinda. Bu safar jabrlanuvchi Juliano Simeone.
73. O'yindan tashqari holat yo'q ekan! 3:0, o'yin davom etadi!
73. Stop. Gol VARda kuriv chiqilmoqda.

72. GOL! Byernal hisobni uchtaga oshirdi! Havolatib uzatilgan to'pni Mark oyog'i bilan zarba byerib, darvozaga kiritdi.
70. Afsuski Balde ham o'yinni davom ettirolmaydigan bo'ldi. Bir o'yinda ikki himoyachi jarohat oldi.
69. O'yin boshida jarohat olgan Kunde o'rniga maydonga tushgan Balde o'zini yomon his qilmoqda.
65. Har ikki jamoa ham ikkitadan o'zgarishni amalga oshirdi.
64. Malinaning darvoza tomon byergan zarbasi noaniq bo'ldi.
56. Musso nimalar qilmoqda? Ketma-ket zarbalarni qaytardi! Byernaldan, Rafinyadan zarbalarni Xuan qaytarib yubordi!
55. Mussodan seyv! Yamalning uzatmasidan so'ng Torres to'pni darvozaga yo'lladi, Xuan qaytardi!
52. Ikkinchi bo'limdagi ssenariy davom etmoqda. "Atletiko" qarshi hujumda imkoniyat kutmoqda, "Barsa" esa bor kuchi bilan hujumga intilmoqda.
48. Alvaresning yerlatib tepgan to'pini Garsiya ushlab oldi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Jamoalar sekin-asta ikkinchi bo'limga qaytmoqda. Tanaffusda murabbiylar qanday ko'rsatmalar byergan ekan, buni yaqin daqiqalarda ko'ramiz.
O'yinning dastlabki bo'limidan keyingi statistika:
To'p nazorati - 70% - 30%
Darvoza tomon zarbalar - 13 - 3
Aniq zarbalar - 6 - 1
Burchak zarbalar - 6 - 0
Uzatmalar aniqligi - 91% - 78%
Seyvlar - 1 - 4
45+5. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+5. GOL! Rafinya hisobni ikkitaga oshirdi!
45+3. Penalti! "Atletiko" darvozasi tomon!
45+2. Lukman havolatib uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, ammo zarba noaniq ketdi...
45+1. Rafinyaning uzoqdan yo'llagan zarbasi anchagina noaniq bo'ldi.
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib byerildi.
42. Grizmanning darvoza tomon tepgan to'pi ustunga tegib maydonni tark etdi! Qo'shimchasiga sal avvalroq o'yindan tashqari holat ham bo'lgan ekan.
34. Rafinya!!! Braziliyalik futbolchining bosh bilan byergan zarbasi salgina noaniq bo'ldi...
32. Yamal ajoyib pas bilan Rafinyaning oldinga boshladi, bu vaziyatda madridlik himoyachi yaxshi harakat qilib to'pni maydondan chiqarib yubordi.
31. O'yin buyog'iga yanada qiziydi. "Barsa" hujumlarni shiddatlashtirmoqda.

30. GOL! Byernal hisobni ochdi! Yamalning ajoyib uzatmasidan so'ng Mark bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etdi.
29. Torresdan yana bir zarba! Yerlatib tepilgan to'pni Musso qaytarib yubordi!
27. Grizmanndan xavfli zarba! Garsiya to'pni ushlab oldi! Qariyb 99% lik goldan asradi Joan...
24. Yamalning uzoqdan tepgan to'pini Musso qaytarib yubordi!
22. Yamal jarima maydonchasiga kirib borib, to'pni Fyerranga uzatdi, Torresning zarbasi yana noaniq bo'ldi.
17. Xavfli zarba Fyerrandan! Uning tepgan to'pi yerga sapchib noaniq ketdi.
15. Navbatdagi zarba Byernaldan bo'ldi. Bu safar Musso to'pni ushlab oldi.
14. Rafinyaning zarbasi biroz noaniq bo'ldi.
13. Majburiy o'zgarish yuzaga keldi "Barsa"da. Kunde jarohat sabab o'yinning qolgan qismini davom ettirolmasligi ma'lum bo'ldi.
10. Uchrashuvning 10 daqiqasi ortda qoldi. Hozircha aytarli xavfli hujum ko'rmadik.
6. "Atletiko"dan yaxshi "avtobus" qo'yilgan.
4. "Barselona"ning 10 nafar a'zosi to'liq maydonning "Atletiko" joylashgan qismida bo'lib turibdi. Hali endi 4-daqiqa...
2. Dastlabki zarba Fyermindan. To'pni darvozabon qaytarib yubordi.
1. O'yin boshlandi!
"Barselona" muxlislari suyuklilarini ajoyib atmosfyerada kutib oldi.
Bugun katta o'yin va har ikki jamoa yetakchilariga ko'p narsa bog'liq. O'yin taqdirini kim yoki nima hal etarkin? Kuzatamiz!
Uchrashuvdan avval mezbon jamoa muxlislari ajoyib pyerformans namoyish etishdi.
- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni bugungi "Barselona" va "Atletiko" o'rtasidagi Ispaniya kubogi yarim final javob o'yininining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



