Ispaniya 7 o'yinda bajargan ishni Rossiya 2-turdayoq bajarib bo'ldi

Mirjalol Normatov
20 iyun 2018, 10:49
Rossiya termasining JCHdagi yorqin starti ko'plab rekordlarni, natijalarni yangilab tashladi.

1934 yilgi mundialda Italiya termasigina dastlabki 2 turda 8 gol kiritishni uddalaganligi borasida oldinroq xabar bergandik.

Shuningdek, 2010 yilgi mundialda Ispaniya umumiy 8 gol kiritishni uddalagandi. Biroq jahon chempionlari buncha golni 7 o'yinda kiritishgandi.

Kecha ruslar Misr termasini 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va guruh bosqichi masalasini hal qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru