Ispan hakamlariga Ronalduning agressiv harakatlariga e'tiborli bo'lish buyurildi

Aslanov Jasurbek
27 yanv 2016, 11:51
Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) hakamlar qo'mitasi "Real" o'yinlarini boshqarib boruvchi arbitrlarga hujumchi Krishtianu Ronalduning harakatlariga e'tiborli bo'lish buyurildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, hakamlar qo'mitasi portugaliyalik futbolchining joriy mavsumdagi harakatlarini o'rganib chiqishdi va Ronaldu tomonidan besh agressiv tartibsizlik aniqlandi. Ronaldu jazodan qutilib qoldi.

Ronaldu so'nggi marotaba "Betis"ga qarshi uchrashuvda raqib himoyachisi Fransisko Molineroni oyog'iga zarba bergan edi.

Bu haqda saytimizda maxsus maqola ham e'lon qilingan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cuatro