Islombek Ismoilov: "Neftchi"ga viloyat hokimining taklifi bilan keldim"

Iskandarov Abdulaziz
28 iyun 2025, 12:22
Xabaringiz bor, yaqinda O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov "Neftchi" klubi tizimida ish boshladi.

Murabbiy endilikda o'rinbosarlar jamoasida faoliyat yuritadi. Mazkur masala yuzasidan Islombek Ismoilovning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Neftchi"ga viloyat hokimining taklifi bilan keldim. Ikkinchi davradan e'tiboran klubning U-21 jamoasida ishni boshlayman. Bu jamoaga o'tishim U-17 terma jamoasidagi faoliyatimga ta’sir qilmaydi. Oldimizda Jahon chempionati kutib turibdi. Klubdagilar mening holatimni tushunishdi va qo'llab-quvvatlashdi",- deydi Islombek Ismoilov.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia