Islom To'xtaxo'jaev: "Quvayt SK"ga qarshi o'yinga ikki oy tayyorlandik"

Narzulla Saydullayev
7 fev 2014, 13:51
"Lokomotiv" himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Ertaga biroz sovuq bo'lishi mumkin. Lekin ikki oy davomida o'yinga tayyorgarlik ko'rdik. Omad bizga kulib boqadi degan umiddaman", - deydi Islom To'xtaxo'jaev.

- "Quvayt SK" shu kungacha uch marotaba O'zbekistonga kelgan va hammasida mag'lubiyatga uchragan...
- Mazkur ananani saqlab qolishga harakat qilamiz. Xudo xohlasa ertaga g'alaba qozonamiz.

- O'tgan yili hujum chizig'ida ham faol harakat qilib kerakli gollarni urdingiz. Bu yil sizni yana hujumda ko'ramizmi?
- Menimcha o'z ishimni qilganim yaxshi. Ertaga hujumda meni ko'rasizlarmi yoki yo'q, buni murabbiy hal qiladi (kuladi)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia