

"Bugungi qiziqarli va chiroyli bahs bo'ldi. Futbolchilar, futzalchilar va sanatkorlar birgalikda muxlislarga yoqadigan o'yin namoyish etishga urindik. Hasanjon va uning ukasiga sog'liq tilayman, katta yigit bo'lishsin. Bugun hujumda o'ynadim? Ochilmagan qirralarimni namoyish etishga urindim (kuladi). Aslida yigitlar bilan futzal o'ynab turamiz, shu bois bugun qiynalmadim", - deydi Islom To'xtaxo'jaev.




