Islandiyalik muxlis Evroga borish uchun "Boing"ni ijaraga oldi

Aslanov Jasurbek
27 iyun 2016, 17:25
Islandiya terma jamoasi muxlisi o'z jamoasining Angliyaga qarshi bahsini stadiondan ko'rish uchun "Boing-737" samolyotini ijaraga oldi.

Islandiya terma jamoasi o'z tarixida ilk marotaba Yevropa chempionati final qismida ishtirok etmoqda va ular turnirning pley-off bosqichiga chiqishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Gretar Sigurdarson "Lyukseyr" kompaniyasiga 140 ming funt to'laydi. Samolyot o'z bag'riga 180 kishini sig'dira oladi. Ma'lum bo'lishicha, barcha joylar tezlik bilan sotib olingan. Uchrashuv yakunlanganidan so'ng samolyot o'z yo'lovchilari bilan ortga qaytadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror