Iskodan ajoyib natija

Omonjon To`xtamirzayev
3 okt 2017, 10:18
Ispaniyalik yarim himoyachi klub safida yubiley 100-g'alabaga erishdi.

Kuni-kecha Madridning "Real" klubi Ispaniya chempionati navbatdagi tur uchrashuvida o'z maydonida "Espanol"ni qabul qildi. Uchrashuvda ikkita gol urishga erishgan Isko, yakunda jamoasi g'alabasini taminladi. 

Shu tariqa, ajoyib sport formasiga kirib olgan yarim himoyachi "Qirollik klubi" safida La Liga doirasida 100-g'alabasini (51ta o'z maydonida, 49ta mehmonda zafar quchgan) nishonladi. Buning uchun futbolchiga 134ta o'yinda maydonga tushish etarli bo'ldi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia