Isko: “Viktoriya” bilan o'yin qayrilish nuqtasi bo'ladi deb umid qilaman”

23 okt 2018, 09:45
“Real” yarim himoyachisi Isko YCHL 3-turidan oldin fikrlari bilan bo'lishdi.

“Ertangi o'yin biz uchun qayrilish nuqtasi bo'ladi deb umid qilaman. Biz o'zimizga yordam beradigan ishonchni qaytarib olamiz. Axir biz g'oliblarmiz. Yomon narsalar haqida o'ylash kerak emas. Biz murabbiylar shtabi bilan mazkur holatni yorib chiqishimiz kerak. Chunki futbolda tezlik olib olish juda muhim”,-deydi Isko.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA