

"PSJ" klubi sobiq futbolchisi Xatem Ben Arfa bugungi kunda erkin agent maqomida turibdi. Uning yaqin vaqtlar ichida "Nant" klubi bilan shartnoma imzolashi tahmin qilinmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, klub rahbariyati futbolchi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Yevropa miqyosida eng ko'p dribling ishlatadigan futbolchilardan biri sifatida etirof etiladigan Ben Arfaning so'nggi klubi Fransiyaning "Renn" jamoasi bo'lgandi.



