Ishli va ishsiz PROfessionallar

Iskandarov Abdulaziz
11 dek 2025
Kuni kecha futbol mutaxassislarini tayyorlash markazida Pro licenziyasiga ega mutaxassislarning licenziyasini yangilashga qaratilgan seminar bo'lib o'tdi.

Suratga e'tibor berar ekanmiz, unda katta nomlarni ham ko'rishimiz mumkin. Shunga mos ravishda PRO licenziyasini yangilash jarayonida ham turli klublarda ishlayotgan tajribali mutaxassislar va hozirda ish joyi bo'lmagan murabbiylar bir safda turdi. Bu ro'yxat orqali mamlakatimizdagi mutaxassislar qatlami, ularning tajribasi va hozirgi mehnat bozoridagi holatini ko'rish mumkin.

Quyida PRO licenziyasini almashtirishda qatnashgan murabbiylarni shartli ravishda ikki guruhga ajratamiz:

Ish joyiga ega professional murabbiylar. Ayrim mutaxassislar hozirgi paytda ham futbol klublarda, ham Akademiyalar va yoshlar jamoalarida faoliyat yuritmoqda. 

Superligada va klublarda bosh murabbiy bo'lib ishlayotganlar:

Asror Aliqulov - "Sho'rtan" bosh murabbiy

Dmitriy An - "Neftchi" (Qirg'iziston) bosh murabbiy

Fevzi Davletov - "Surxon" bosh murabbiy

Vadim Abramov - "Dinamo" bosh murabbiy

Ivan Boshkovich - "So'g'diyona" bosh murabbiy

Ro'ziqul Berdiev - "Nasaf" bosh murabbiy

Timur Kapadze - "Navbahor" bosh murabbiy

Rahbariyat lavozimida ishlayotganlar:

Ildar Sakaev - "Mashal" akademiyasi texnik direktor

Abdumajid Toirov - "Neftchi", yoshlar bilan ishlash kordinatori

Muxtor Qurbonov - OKMK texnik direktor

Botir Qoraev - "Nasaf" texnik direktor

Yoshlar jamoalarida murabbiy va klublarida yordamchi bo'lib ishlayotganlar:

Temur Turdiev - "Aral" U-19 murabbiy

Sergey Arslanov - "Neftchi" yordamchi

Rifat Akramxo'jaev - "Lokomotiv" Ikkinchi liga murabbiyi

Davron Fayziev - OKMK, yordamchi murabbiy

Server Jeparov - "Oqtepa" bosh murabbiy

Yorqin Nazarov - Lokomotiv U-16

Shuhrat Toshpo'latov - "Nasaf", yordamchi murabbiy

Eldor Moyliev - "Sho'rtan", yordamchi murabbiy

Marat Miftaxutdinov - "Dinamo", yordamchi murabbiy

Viktor Karpenko - "Buxoro", yordamchi murabbiy

Zavisha Miloslaevich- Serbiya U-21, bosh tahlilchi

A'zam Sherg'oziev - OKMK U-21 murabbiy

Bu murabbiylar orasida 7 nafari Superligada va klubida bosh murabbiy, 4 nafari rahbariyatda, 12 nafari yordamchi va yoshlar jamoalarida ishlashmoqda. 

Ishsiz, lekin tajribali professionallar. Hozircha klubga ega bo'lmagan murabbiylar. Krestinin, Petrosyan, Shevchenko, Abduraimov, Irismetov kabi mutaxassislar 2025 yilda klublarda faoliyat olib bordi. 

Jasur Abduraimov 

Aleksandr Krestinin

Mikola Shevchenko

Artyom Petrosyan

No'mon Hasanov

Ilhom Mo'minjonov

Jafar Irismetov

Bu ismlar orasida milliy jamoa darajasida ishlaganlar ham, PFLda muvaffaqiyat qozonganlar ham, legioner murabbiylar ham bor. Ularning ishtirok etishi - musobaqalardan uzoqlashmaganini, o'z ustida ishlashni davom ettirayotganini ko'rsatadi.

PRO licenziyasini yangilashda qatnashgan murabbiylar ro'yxati - bu O'zbekiston futbolidagi mutaxassislarning hammasi degani emas. Bu ro'yxatdan tashqarida ham ishlayotgan, ham hozircha ishsiz murabbiylar bor. Yana bir qator Pro licenziyasiga ega mutaxassislar Superligada faoliyat olib borishyapti, yoshlar jamoalari, akademiyalarda ishlashmoqda.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia