"Paxtakor" bugun Kamoliddin Tojievni bosh murabbiy etib tayinladi, ammo unda Pro licenziyasi yo'q

Alisher Ostonov
26 iyul 2025, 23:28
Toshkentning "Paxtakor" klubi bugun Kamoliddin Tojievni jamoaning bosh murabbiyi etib tayinladi.

Bu haqda jurnalist Narzulla Saydullaev xabar bermoqda.

"Paxtakor" bugun Kamoliddin Tojievni bosh murabbiy etib tayinladi, ammo unda Pro licenziyasi yo'q.

Klub 60 kun ichida yangi bosh murabbiy tayinlashi kerak. Mendagi ma'lumotlarga ko'ra, agar O'zbekiston milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy kelsa, Timur Kapadze katta ehtimol bilan Paxtakor bosh murabbiyi bo'ladi.

Kapadze terma jamoada hech kimga yordamchi sifatida ishlamoqchi emas", deb yozdi jurnalist.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia