

Eslatib o'tamiz, O'runov Ekaterinburg klubini 25 oktyabr kuni uning tarkibida atigi uchta uchrashuv o'tkazgan holda tark etgan edi.
Irismetovning fikricha, futbolchining "Ural"da o'z o'rnini egallashiga o'zining xarakteri to'sqinlik qilgan.
"Oldin ham aytganimdek, u biroz og'ir xarakterga ega. Murabbiy bilan ziddiyatga uchragani haqija yozishdi. Bu to'g'rimi yoki yo'qligini bilmayman, lekin Ostonni biladigan odam sifatida shunday deb taxmin qilishim mumkin. Agar unga kam o'yin amaliyoti berilayotgan bo'lsa, bu uning tabiati tufaylidir", – dedi Irismetov.
O'runov "Ural"dan tashqari "Ufa" va "Spartak" klublarida ham to'p tepgan. Yarim himoyachi hozircha klubsiz.



