Iordaniya va Iroq Osiyo Kubogiga mezbonlik qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
30 dek 2020, 16:31
Iordaniya futbol assotsiatsiyasi Osiyo Kubogi-2027 musobaqasiga mezbonlik qilish uchun ariza topshirmoqchi.

Bu haqida taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev o'z Telegram kanalida ma'lum qildi. Iordaniyalik ushbu turnirni Iroq bilan birga o'tkazishni reja qilmoqda. Gap 7 yildan so'ng o'tkaziladigan va mezbon mamlakat 3 yildan so'ng e'lon qilinadigan musobaqa haqida ketmoqda. Iroqdagi vaziyat ushbu Osiyo Kubogi bilan yaxshi tomonga o'zgarishi mumkin (Iroq ayni damda saralash o'yinlarini Iordaniyadagi neytral maydonda o'tkazmoqda). Biroq ushbu da'vogarlarning imkoniyati katta emas. Raqiblar kim? Markaziy Osiyo mamlakatlari ham turnirni birga o'tkazish haqida o'ylab ko'rsa yaxshi bo'lardi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: t.me/ANikimbaev