Inzagi "Barsa" bilan 3:3 dan so'ng o'z fikrlarini bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
13 okt 2022, 09:57
"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi "Barselona"ga qarshi o'yindan so'ng (3:3) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Juda kuchli raqibga qarshi ajoyib o'yin o'tkazgan yigitlarni tabriklayman. 

Biz ko'plab vaziyatlar yaratdik, kerakli paytda esa sabr qila oldik. G'alaba qozonganimizda muddatidan oldin keyingi bosqichga chiqardik. Umid qilamizki, "Viktoriya"ga qarshi o'yinda muxlislarni xursand qila olamiz. 

Kamtarroq bo'lishimiz kerakligini bilardik. Jamoa o'ynashdan to'xtab qolgani yo'q. Birinchi bo'lim oxirida yigitlarga xotirjamroq bo'lish kerakligini tushuntirdim. Chunki, xavfli vaziyatlar yarata olishimiz mumkinligini bilardik", - dedi Inzagi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA