Inzagi "Al Hilol"da qancha maosh oladi?

Alisher Ostonov
3 iyun 2025, 22:42
Simone Inzagi Saudiya Arabistonida "Inter"dan ko'ra ancha ko'proq maosh oladi.

Bugun italiyalik mutaxassis "Inter" bosh murabbiyligidan ketdi. U "Al Hilol"ni boshqarishi kutilmoqda.

Insayder Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, Inzagi yiliga 25 mln evro va mukofot puli oladi. Shartnoma 2027 yilgacha mo'ljallangan.

Simonening "Al Hilol" murabbiyligidagi ilk o'yini klublar o'rtasidagi jahon chempionatida "Real"ga qarshi bo'lishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira