Inzagi: “1-taymda “Liverpul”ga gol urishimiz juda ham muhim”

Eldor Akmurzayev
8 mar 2022, 09:30
“Inter” ustozi Simone Inzagi YCHL 1/8 finali doirasida “Liverpul”ga qarshi o'tadigan bugungi javob bahsi oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Qiyin o'yin bo'ladi, ammo bizda katta motivaciya bor. Birinchi taymda gol urish muhim va zarur. Oson bo'lmasligini bilamiz.

“Inter” musobaqaning bu bosqichida ko'p yillardan beri o'ynamagandi va guruhda ikkinchi o'rinni egallaganimizdan so'ng, top jamoaga qarshi o'ynashimizni bilardik. 1-o'yinda esa qo'limizdan kelganini qildik, "Enfild"da ham shunday bo'ladi”, deydi Inzagi.

Eslatib o'tamiz, Milandagi uchrashuvda Yurgen Klopp shogirdlari 2:0 hisobida ustunlikka erishgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA