“Inter”ning ikki futbolchisi 2019/20 yilgi mavsumda 20+ gol urdi. Bunaqasi so'nggi 15 yilda ilk bor sodir bo'ldi

18 avg 2020, 08:53
“Inter” hujumchilari Romelu Lukaku hamda Lautaro Martines Yevropa Ligasi yarim finalidan o'rin olgan “Shaxtyor”ga qarshi bahsda (5:0) ikkitadan gol urdi.

Lukaku 2019/20 yilgi mavsum klub doirasidagi barcha musobaqalarda 31 ta gol urgan bo'lsa, Lautaroning gollari soni 21 taga etdi.

So'nggi bor “Inter”ning ikki futbolchisi bir mavsumning o'zida 20+ gol urish holati 2004/05 yilgi mavsumda qayd etilgandi. O'shanda bu vazifani Adriano va Obafemi Martins uddalgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta