"Inter"ning 2 o'yinchisi koronavirus bilan kasallangan

8 okt 2020, 00:52
Milanning "Inter" klubi rasmiy sayti jamoa himoyachisi Alessandro Bastoni koronavirus bilan zararlanganini ma'lum qildi.

Shuningdek, italyan matbuoti "neradzurri"larning yana bir vakili Milan Shkrinyar ham infekciyaga yo'liqqani to'g'risida yozmoqda.

"Inter" matbuot xizmati Bastonida hech qanday simptomlar yo'qligi va  futbolchi izolyaciyada ekani haqida xabar berdi. Hozircha Shkrinyar haqida rasmiy ma'lumot yo'q.

Ayni paytda Milan Shkrinyar Slovakiya terma jamoasi ixtiyorida bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: football-italia.net