Internasonal rahbariyati Dungani iste'foga chiqardi

Narzulla Saydullayev
5 okt 2013
Braziliyaning Internasonal klubi bosh murabbiyi Dunga klub rahbariyati tomonidan iste'foga chiqarildi.
Klub rahbarlari qoniqarsiz natijalar tufayli shunday qarorga kelishdi. Braziliya chempionatining oxirgi to'rtta uchrashuvida Internasonal to'rt bor mag'lub bo'ldi. Dunga bilan birga klub murabbiylar shtabi ham ishdan bo'shatildi.

Ayni paytda Internasonal Braziliya chempionatida 34 ochko bilan 9-o'rinda bormoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru