"Inter"ga MYU futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
19 sen 2021
"Inter" rahbariyati jamoa tarkibiga "Manchester Yunayted" futbolchisi Donni van de Bekni qo'shib olishni istamoqda.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, "neradzurri" qishda markaziy yarim himoyani kuchaytirishni maqsad qilgan. Bu boradagi asosiy nomzod sifatida "Manchester Yunayted" xavbeki ko'rsatilmoqda. Klubdagilar unga doimiy o'yin amaliyotini vada qilishi mumkin.

"Inter"dagilar uni Kristian Eriksenning o'rniga munosib nomzod sifatida ko'rmoqda. Ushbu mavsumda niderlandiyalik xavbek 2 o'yinda qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato