“Inter” va “Yuventus” “Bavariya” futbolchisi uchun kurashadi

13 iyun 2019, 09:31
Boateng yozgi transferlar vaqtida “Bavariya”ni tark etishi kutilmoqda.

Jerom Boateng transferidan Myunxen klubi 15 mln evro ishlab olishni ko'zlamoqda. Futbolchining xizmatlariga esa ayni damda “Inter” hamda “Yuventus” qiziqib qolgan. Shuningdek, Boateng Bundesligada qolishi mumkin. Boisi, “Borussiya D” ham uni o'z safida ko'rishga qarshi emas.

O'tgan mavsum futbolchi Bundesligada 20 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football24