"Inter" va Perishich yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti

Alisher
18 may 2022
"Inter" yarim himoyachisi Ivan Perishich bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Tomonlar hali yangi shartnoma shartlari borasida kelisha olishmayapti.

33 yoshli xorvat maoshini 6 mln evroga qadar oshishini xohlamoqda, ammo "Inter"ni futbolchining shartlari qoniqtirmayapti, klub unga bunday mablag'ni to'lashga tayyor emas.

Perishichning "Inter" bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport