"Inter" va "Napoli" Osimxen uchun kurashga qo'shildi

Alisher
28 may 2020
"Lill" hujumchisi Viktor Osimxen faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

"Inter" va "Napoli" klublari 21 yoshli nigeriyalik futbolchi uchun kurashga qo'shildi.

O'yinchi Neapol klubiga o'tishga qarshi emas, sababi unda asosiy tarkibda o'rin egallash uchun yaxshi imkoniyat bo'ladi.

Viktor Osimxen joriy mavsum "Lill" tarkibida 27ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: le10sport.com