"Inter", "Tottenxem" va "Aston Villa" LaLiga davrozaboniga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
5 iyun 2023, 21:15
"Inter" "Sevilya" posboni Yassin Bununi xarid qilishga qiziqib qoldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, milanliklar 38 yoshli Samir Xandanovichga o'rinbosar izlshyapti va Marokash terma jamoasi posboni borasid ma'lumot qidirishni boshlab yuborishgan.

Bunuga "Tottenxem" va "Aston Villa" ham qiziqish bildirmoqda.

Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi Bunu bo'yicha taklifini "Sevilya"ga yuborib bo'ldi. Ispan klubi o'z futbolchisi transferidan kamida 20-25 mln. evro ishlab olmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As