"Inter" Tonali bilan kelishib oldi

Alisher
12 avg 2020
"Breshia" yarim himoyachisi Sandro Tonali tez orada "Inter" o'yinchisiga aylanishi mumkin.

Markaziy yarim himoyachi Milan klubi bilan hamkorlik shartlari bo'yicha kelishib oldi va tez orada transfer rasman amalga oshishi mumkin. Yosh o'yinchi bilan tuziladigan shartnoma 5 yilga mo'ljallanishi va maosh 3,5 million evroni tashkil etishi kutilmoqda.

Oldinroq, Tonaliga "Yuventus"ning yangi bosh murabbiyi Andrea Pirlo qiziqish bildirayotgani borasida xabarlar yangragan edi.

20 yoshli o'yinchi joriy mavsum "qaldirg'ochlar" tarkibida 36ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 7ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport