

32 yoshli o'yinchining xizmatlariga MLS klublaridan biri qiziqish bildirmoqda.
"Neradzurrilar" Aleksisning qishki transfer oynasida ketishiga ruxsat berdi, ammo futbolchining o'zi bunga qarshi. Sanches faoliyatini Yevropada davom ettirmoqchi.
Chililikning milanliklar bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Hujumchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.



