“Inter” Sanches bilan kelishuvga erishdi

“Manchester Yunayted” hujumchisi Aleksis Sanches faoliyatini “Inter”da davom ettirishi mumkin.

Italiyalik jurnalist Janluka Di Marcioning xabar berishicha, Italiya klubi futbolchining agenti va o'zi bilan shaxsiy kelishuvga erishgan. Endi milanliklar manikunianliklar bilan ushbu transfer borasida bir qarorga kelishlari talab etiladi.

Ilgariroq chililik futbolchini “Roma” ham o'z safiga qo'shib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar  tarqatilgandi.

O'tgan mavsumda 30 yoshli futbolchi “Manchester Yunayted” safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.


Manba: журналист Жанлука Ди Марцио твиттери