"Inter" "Real"ga sotgan futbolchisini qaytarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2018, 16:18
"Inter" "Real" yarim himoyachisi Mateo Kovachichga qiziqish bildirmoqda.

Milan klubi 23 yoshli xorvatni "Czyansu Sunin"dan xarid qilinishi kerak bo'lgan Ramires o'rniga olishi mumkin. Italiyaliklar va Xitoy klubi o'rtasidagi transfer bekor bo'lishga yaqin.

"Inter" Kovachichning jamoaga qaytishi borasida "Real" bilan bog'langan. Mateo 2013-2015 yillar davomida qora-ko'klar sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Mediaset