"Inter" oshirilgan maosh bilan Inzagi bilan shartnomani uzaytirishga tayyor

Alisher
18 may 2022, 17:17
"Inter" rahbariyati bosh murabbiy Simone Inzagining ishidan rozi.

Klub shartnomani uzaytirish borasida mutaxassis bilan muzokara olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

"Inter" Inzagi bilan bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzolamoqchi. Milan klubi shuningdek murabbiyning maoshini 4,2 mln evrodan 5,3 millionga ko'tarishga tayyor.

"Inter" A Seriya jadvalida yetakchi "Milan"dan 2 ochko ortda qolgan holda 2-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira