"Inter" “Nike” bilan yangi kelishuvga erishdi

Alisher
11 iyul 2023, 09:47
“Inter” va “Nike” o'zaro kelishuvni 2031 yilga qadar uzaytirishdi.

Yangi shartnomaga ko'ra “Nike” milanliklarga yiliga kamida 26 million evro o'tkazib beradi. Shuningdek, “Inter” yiliga yana uch million evro bonus olishi mumkin. 

“Nike” va “Inter” 1998 yildan beri hamkorlik qilib kelishadi. “Neradzurri” Italiya chempionatida Amerika brendini kiyadigan yagona jamoa hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com