"Inter" Nainggolan bilan shartnomani bekor qildi

Sherzod Nurmatov
10 avg 2021, 21:46
Milanning "Inter" klubi o'z rasmiy saytida belgiyalik xavbek Raja Nainggolan jamoadan ketganini e'lon qildi.

"Neradzurrilar" o'zaro kelishuvga ko'ra futbolchi bilan kelishuvni bekor qildi.

Yarim himoyachi o'tgan mavsumda ijara asosida "Kalyari"da o'ynagan edi. Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, Nainggolan yana Sardiniya jamoasida paydo bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, o'yinchiga boshqa klublar ham qiziqishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: cagliaricalcio.com