"Inter" Mxitaryan bilan muzokaralar olib bormoqda

Mirjalol Normatov
29 may 2022, 13:32
"Roma" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan A Seriyaning boshqa bir klubiga o'tishi mumkin.

30 iyun kuni armanistonlik futbolchining Rim klubi bilan shartnomasi yakuniga etadi.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, Milan klubi "Roma"ni rasmiy xat orqali armanistonlik futbolchi bilan muzokaralar olib borayotganini ma'lum qilgan. "Neradzurri" Mxitaryan bilan og'zaki kelishuvga ega.

Mxitaryan o'tgan mavsumda "Roma" tarkibida  A Seriyaning 31 o'yinida qatnashib, 5 gol va 6 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal