

Italiyaliklar Senegal terma jamoasi a'zosini keyinchalik xarid qilish huquqi bilan bir yilga ijaraga olishdi. Avvalroq, Keytaning transferi 30 million evro ekanligi ma'lum qilingan edi.
O'tgan mavsumda Keyta Balde “Monako” safida jami 33ta o'yinda maydonga tushgan. Ushbu uchrashuvlarda 23 yoshli senegallik 8ta gol kiritgan va 11 golga hammualliflik qilgandi.




