

Ma'lumotlarga ko'ra, "Inter" rahbariyati klub vice-prezidenti Xaver Zanettini Mertens borasida muzokaralar o'tkazish uchun Neapolga yubormoqchi. Dris uchun kurashda MYU yetakchi bo'lib qolmoqda, chunki futbolchining o'zi Gonsalo Iguain taqdirini qaytarmoqchi emas.
Joriy mavsumda Mertens "Napoli" safida barcha turnirlarda 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, 26 ta gol urdi va 12 ta golli pas berdi.


